Toshkent viloyatida 2 yoshli bola jarga tushib ketdi
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida jarlikka tushib ketgan bola FVV xodimlari tomonidan qutqarib olindi. Bu haqda Toshkent viloyati FVB xabar qildi.
Maʼlum boʻlishicha, 10-aprel kuni soat 22:23 da Toshkent viloyati FVBga Boʻstonliq tumani “Yakkatut” MFY hududida ikki yoshli bola yoʻqolib qolgani va u oʻsha hududdagi jarlikka tushib ketgan boʻlishi mumkinligi toʻgʻrisida xabar berilgan.
Shunga koʻra, aytilgan manzilga zudlik bilan Boʻstonliq tumanining bir guruh qutqaruvchilari yetib borib, qidiruv harakatlarini boshlashgan.
Natijada, bola oʻsha hudud yaqinidagi jarlikning taxminan 25 metr boʻlgan chuqurligidan topilgan va yuqoriga olib chiqilib, sogʻ-salomat ota-onasiga topshirilgan. Hozirda bolaning ahvoli yaxshi ekanligi aytilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring