Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markaziga press-tur tashkil etildi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Bugun, 25-fevral kuni FA Immunologiya va inson genomikasi instituti bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan, akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy genetik ilmiy markazi Toshkent filiali – Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markaziga press-tur tashkil etildi. Press-tur davomida OAV vakillari markaz faoliyati bilan yaqindan tanishdilar: laboratoriya ish jarayonlari kuzatilib, mutaxassislar bilan bevosita muloqot olib borilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Ayni kunlarda markazda O‘zbekiston Respublikasi FA Immunologiya va genomikasi instituti hamda “Immunogen Test” markazi bilan birgalikda Ikkinchi xalqaro klinik tibbiy genetika maktabi o‘quv kurslari, shuningdek, tibbiy genetika sohasidagi yetakchi mutaxassislar ishtirokida respublikamizning turli joylaridan kelgan, irsiy jigar kasalliklari va sindromli patologiyalari bilan og‘rigan 40 ga yaqin bemorlar uchun bepul tibbiy genetik konsultatsiyalar o‘tkazilmoqda. OAV vakillari ushbu jarayonlar bilan ham yaqindan tanishdilar.
Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-avgustdagi “Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markazi – Akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy-genetik ilmiy markazi” Federal davlat byudjet ilmiy muassasasi bo‘linmasini tashkil etish to‘g‘risidagi 513-son qarori asosida akademik N.P. Bochkov nomidagi tibbiy genetik ilmiy markazi Toshkent filiali – Toshkent tibbiy-genetik ilmiy markazi faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Inson genetikasi va tibbiy genetika bo‘yicha fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar, jumladan, irsiy kasalliklarning tarqalishi, etiologiyasi va patogenezi, ularning diagnostikasi, oldini olish va davolash kabi yo‘nalishlar markaz faoliyatining asosiy tarkibiy qismlari hisoblanadi. Shuningdek, mazkur markaz xalqaro talab va standartlarga muvofiq yuqori malakali ilmiy va tibbiy kadrlar tayyorlash tizimida faol ishtirok etishni doimiy vazifa sifatida belgilagan.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring