Toshkent shahrida psixotrop moddalar savdosining oldi olindi

13:00 06 Sentyabr 2025 Jamiyat
207 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tumani boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.

Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro R.M. belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtmasdan savdo doʻkonida xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan, 2 ming 835 dona tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalari mavjud vositalarni oʻtkazish maqsadida saqlab kelganligi aniqlangan.

Ushbu kuchli taʼsir qiluvchi moddalar tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalar hisoblanmaydigan kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni targʻib qiluvchi mahsulotni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish yoki bunday moddalarni yoxud zaharli moddalarni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер