Toshkent metrosida poyezd tunnel ichida 13 daqiqa toʻxtab qoldi

16:13 24 Yanvar 2026 Jamiyat
336 0

Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda metro poyezdi tunnel ichida toʻxtab qolgani haqidagi xabarlar tarqaldi. “Toshkent metropoliteni” DUK mazkur holat yuzasidan izoh berdi.

Qayd etilishicha, voqea kecha, 23-yanvar kuni soat 23:31 larda “Pushkin” metro bekatidan “Hamid Olimjon” metro bekati tomon harakatlanayotgan 10-sonli harakat tarkibi tunnel ichida roʻy bergan. Maʼlum boʻlishicha, yoʻnalishda harakat xavfsizligiga toʻsqinlik qiluvchi metall buyum mavjudligi aniqlagan.

Ushbu holat boʻyicha zudlik bilan poyezd nozimi xabardor qilingan hamda yoʻnalishda harakat xavfsizligi toʻliq taʼminlash maqsadida harakat nizomiga asosan kontakt relsdan tok uzilgan holda xodimlar tomonidan harakat xavfsizligi toʻliq taʼminlangan.

Holat bartaraf etilib, yoʻl tozalanmaguniga qadar poyezd harakati taxminan 13 daqiqa davomida vaqtincha toʻxtab turgan. Shundan soʻng metro poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida qayta tiklangan.

Korxona yuzaga kelgan noqulayliklar uchun yoʻlovchilardan uzr soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?