Toshkent markaziy temir yo‘l vokzaliga navbatdagi Turistik charter poyezd yetib keldi (fotoreportaj)

Foto: Abdumutalib Toirov, «Xalq so‘zi»
2013 yilda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati hamda Germaniyaning "Lernidee Erlebnisrisen" turistik kompaniyasi hamkorligidagi "Orient Silk Road Express" turistik charter poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi. O‘tgan 10 yil mobaynida 80 dan ortiq turistik charter poyezdi harakati yo‘lga qo‘yilib, 10000 nafarga yaqin xorijlik sayyohlarga xizmat ko‘rsatildi.
Joriy yilning 3 sentyabr kuni Qozog‘istonning Olma-ota shahridan o‘z harakatini boshlagan navbatdagi turistik charter poyezd bugun Toshkent markaziy temir yo‘l vokzaliga yetib keldi.
Dunyoning 14 ta mamlakatidan 100 nafarga yaqin sayyohlar mazkur poyezdda Markaziy Osiyo davlatlari bo‘ylab sayohat qilishmoqda. Hozirgi kunda "Orient Silk Road Express" nomi bilan "Olma-ota — Bishkek — Toshkent — Qo‘qon — Qamashi — Kitob — Samarqand — Xo‘jand — Xiva — Buxoro — Toshkent — Buxoro — Xiva — Xo‘jand — Samarqand — Kitob — Qamashi — Qo‘qon — Toshkent — Bishkek — Olma-Ota" yo‘nalishida AQSH, Avstriya, Malayziya, Shvesariya, Germaniya, Angliya, Ispaniya, Fransiya, Lyuksemburg, Kanada, Indoneziya va Irlandiya kabi davlatlar sayyohlariga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.
Poyezd 12 ta asosiy vagondan va 1 ta zahira vagondan iborat. Ya’ni, 4 ta lyuks vagon (har biri 8 o‘rinli), 4 ta yuqori qulaylikdagi o‘z dushiga ega bo‘lgan vagon (16 o‘rinli), 2 ta restoran vagoni, xodimlar uchun 1 ta vagon mavjud.
Barcha vagonlar milliy uslubda bezatilgan. Mahalliy ishlab chiqarilgan vagonlarda devorlar o‘zbek miniatyuralari uslubida, derazalarda – adras pardalari, oyoqlar osti — sharqona naqshli qizil gilamlar bilan bezatilgan. Bundan tashqari, har bir vagonda televizor, kiyim-kechak shkaflari hojatxona va boshqa zarur narsalar mavjud.
Ushbu turistik charter poyezdida mamlatimizga kelgan sayyohlar 9 kun davomida yurtimizning tarixiy shaharlarini tamosha qiladilar. Shundan so‘ng, qo‘shni davlatlarga jo‘nab ketadilar.
Foto: Abdumutalib Toirov, «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring