Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2025 yil uchun oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga qabul eʼlon qildi

16:09 06 Sentyabr 2024 Jamiyat
457 0

Toshkent kimyo-texnologiya instituti 2025 yil uchun oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim institutiga quyidagi ixtisosliklar boʻyicha qabul eʼlon qiladi

TAYANCH DOKTORANTURA:

(ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqish uchun)

02.00.05

- Sellyuloza va sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi

02.00.08

- Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

02.00.09

- Tovarlar kimyosi

02.00.13

- Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

02.00.14

- Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

02.00.15

- Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi

02.00.17

- Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyasi

09.00.02

- Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi

11.00.05

- Atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish

DOKTORANTURA:

02.00.08

- Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

02.00.09

- Tovarlar kimyosi

02.00.13

- Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

02.00.14

- Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

02.00.15

- Silikat va qiyin eriydigan nometall materiallar texnologiyasi

02.00.17

- Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyasi

09.00.02

- Ong, madaniyat va amaliyot shakllari falsafasi

Stajyor-tadqiqotchi:

02.00.05

- Sellyuloza va sellyuloza-qogʻoz ishlab chiqarish kimyosi va texnologiyasi

02.00.08

- Neft va gaz kimyosi va texnologiyasi

02.00.13

- Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi

02.00.17

- Qishloq xoʻjalik va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish, saqlash hamda qayta ishlash texnologiyalari va biotexnologiyasi;

   

Stajyor-tadqiqotchilik, tayanch doktorantura (PhD)ga oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

  1. Ariza.
  1. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka — namuna 3,5 shakl boʻyicha oʻzbekcha va ruscha shaklda).
  1. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  1. Oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari boʻyicha) toʻgʻrisida diplom nusxasi.
  1. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis).
  1. Ilmiy rahbar (konsultant)ning yozma roziligi.
  1. 3x4 hajmda 4 ta fotosurat.
  1. Pasport nusxasi.
  1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi (mavjud boʻlsa).
  1. Til boʻyicha milliy (B1) yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.

Doktorantura (DSc)ga oʻqishga talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar

  1. Ariza.
  1. Qisqacha biografik maʼlumot (obyektivka, namuna boʻyicha 3,5 shakl, oʻzbekcha va ruscha shaklda).
  1. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).
  1. Oliy maʼlumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi.
  1. Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy maʼruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.
  1. Nashr etilgan ilmiy ishlar roʻyxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).
  1. Ilmiy rahbar (konsultant)ning yozma roziligi.
  1. 3x4 hajmda 4 ta fotosurat.
  1. Pasport nusxasi.
  1. Ilmiy yutuqlari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi).
  1. Til boʻyicha milliy (B1) yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat.

Barcha hujjatlar pdf shaklida tayyorlanib Oliy taʼlimdan keyingi taʼlimni muvofiqlashtiruvchi Yagona elektron tizimi (http://daraja.ilmiy.uz) orqali roʻyxatdan oʻtgan holda yuboriladi.

Hujjatlar 2024-yil 15-sentyabrdan 15-oktyabrgacha qabul qilinadi.

Kirish imtihonlari 2024-yilning 1-25-noyabr kunlari boʻlib oʻtadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni (71) 244-39-81 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.

Manzilimiz: Toshkent sh., A.Navoiy koʻchasi, 32-uy. Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Doktorantura va ilmiy-tadqiqotlar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер