Toshkent xorijlik mutaxassislar yashashi uchun eng qulay shaharlar qatoridan joy oldi
“Mercer konsalting” guruhi anʼanaviy tarzda xorijliklar yashashi uchun qimmat shaharlar reytingini eʼlon qildi. Unga koʻra, Toshkent shahri xorijlik mutaxassislar yashashi uchun qulay shaharlar qatoridan joy oldi, deb xabar berdi “Dunyo” AA.
Reytingda uchinchi bor Gonkong yetakchilik qilmoqda.
Eng qimmat shaharlar reytingining keyingi oʻrinlarida Turkmaniston poytaxti Ashxobod (2-oʻrin), Osiyo shaharlaridan Tokio (3-oʻrin), Singapur (5-oʻrin), Shanxay (7-oʻrin), Pekin (10-oʻrin) ham bor.
Yashash uchun eng arzon shaharlar sifatida esa Toshkent, Bishkek, Namibiyadagi Vindxuk shahri hamda Tunis eʼtirof etilgan.
Joriy yilning mart oyida “The Economist Intelligence Unit” eʼlon qilgan arzon va qimmat shaharlar reytingida ham Toshkent roʻyxatning 132-oʻrnida qayd etilib, arzon, yaʼni yashash uchun zarur narsalar narxi yuqori boʻlmagan shaharlar oʻntaligida eʼtirof etilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring