“Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” jarimaga tortildi

19:36 23 Avgust 2024 Jamiyat
409 0

Raqobat qoʻmitasi “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi”ga nisbatan moliyaviy jarima qoʻllanilganini eʼlon qildi.

Maʼlum qilinishicha, qoʻmitaning Toshkent shahar hududiy boshqarmasi tomonidan 2024-yil davlat xaridlar sohasidagi oʻrganishlar natijasida, “Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi” tomonidan maxsus axborot portallari orqali jami 2,8 milliard soʻmdan ortiq oʻtkazilgan tender savdolari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganishlar yuzasidan, buyurtmachi tashkilotga (“Toshkent yoʻlovchi vagonlarini qurish va taʼmirlash zavodi”) “Raqobat toʻgʻrisida”gi qonunining 29-moddasi talablari buzilganlik holati boʻyicha ish qoʻzgʻatildi hamda natijasi boʻyicha moliyaviy jarima qoʻllash yuzasidan qaror qabul qilinib, qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida yoʻl qoʻymaslik boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, qonunbuzilishga yoʻl qoʻygan mansabdor shaxsga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, koʻrib chiqish uchun tegishli tartibda sudga joʻnatildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?