Toshkent “Yevrosiyo” birinchi xalqaro teatr sanʼati festivaliga tayyorgarlik koʻrmoqda

12:54 14 May 2023 Madaniyat
970 0

22-28-may kunlari Toshkentda “Yevrosiyo” teatr sanʼati festivali boʻlib oʻtadi.

Festival Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining “Yevrosiyo” xalqaro teatr sanʼati festivalini oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilmoqda.

Hukumat qarori bilan Oʻzbekiston Madaniyat va turizm vazirligi hamda Teatr arboblari uyushmasining mazkur festivalni oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullandi. Hujjatga koʻra, ushbu xalqaro teatr sanʼati festivali har ikki yilda bir marta Toshkent shahrida oʻtkaziladi.

Festival ijodiy tajriba almashish imkoniyatini taqdim etadi va yangi isteʼdodlarni kashf etishga xizmat qiladi. Anjuman doirasida turli xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik va hamkorlik rishtalarini mustahkamlash, jahon miqyosida ijodiy hamkorlik koʻlamini kengaytirishga xizmat qilayotgan sahna sanʼatining dolzarb jarayonlari muhokama qilinadi. Bundan tashqari, festival doirasida ilmiy-amaliy anjumanlar oʻtkazish nazarda tutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер