Toshkent yerusti metrosi yoʻlida kichik oʻpirilish sodir boʻlgani videosi tarqaldi. Oʻzbekiston temir yoʻllari voqeaga izoh berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent yerusti halqa metrosining “Doʻstlik-2” bekatidan “Qoʻyliq” bekatigacha boʻlgan yoʻnalishning 4-bekatida hosil boʻlgan darcha haqida video tarqaldi.
Oʻzbekiston temir yoʻllari mazkur holat toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Unga koʻra, bugungi kunda “Doʻstlik-2” – “Qoʻyliq” yoʻnalishi bekatlarida kabel uchun oʻtkazish koʻprigi (kabelnыy mostik) qurish ishlari loyiha hujjatlariga asosan qurilishning II-bosqichida amalga oshirish rejalashtirilgan. Elektr kabellarini estakada ostki qismidan oʻtkazish inshootlari qurilishi loyihalari ishlab chiqilib, oʻrnatilgan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan va ijobiy xulosa olingan. Bugungi kunda bekatlarda kabel oʻtkazish koʻprigini qurish ishlari amalga oshirilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqagan “oʻpirilish” metroning 4-bekatida quruvchilar tomonidan 24-fevral kuni tungi soat 00:00dan keyin, yaʼni metro poyezdlari harakati toʻxtatilgandan soʻng, kabel oʻtkazish koʻprigini qurish uchun maxsus uskuna yordamida loyiha hujjatlariga asosan betonning bir qismi ochilgan. Metro estakadasi ostidan harakatlanuvchi piyodalar va avtomobillar xavfsizligini taʼminlash maqsadida tungi paytda ishlar tashkil qilinib, qurilish meʼyor va qoidalari asosida amalga oshirilmoqda va mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan xavfsizlik qoidalariga rioya etiladi. Kabel oʻtkazish koʻprigi qurilishi estakada mustahkamligiga zarar yetkazmaydi. Maxsus darcha ochish ishlari yakunlangandan soʻng yoʻldagi chiqindilar tozalangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring