Toshkent, Buxoro va Namanganda zargarlik markazlari tashkil etiladi
“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra:
- 2024–2026-yillarda Buxoro va Namangan viloyatlarida bittadan hamda Toshkent shahrida ikkita zargarlik markazlari tashkil etiladi;
- zargarlik markazlarida tadbirkorlik subyektlari uchun zarur infratuzilma yaratiladi;
- 2025-yil yakunigacha qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan zargarlik hamda boshqa buyumlarning yillik ishlab chiqarish hajmlari 1 milliard AQSH dollariga va eksport koʻrsatkichi 100 million AQSH dollariga yetkaziladi.
2025-yil 1-yanvargacha zargarlik markazlarini tashkil etish uchun davlat koʻchmas mulk obyektlarini yaxlit mulk sifatida yoki lotlar (qismlar va xonalar)ga boʻlgan holda tadbirkorlik subyektlari va tijorat banklariga uzoq muddatli ijaraga yoki mulk huquqi asosida, qiymatini boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida realizatsiya qilish choralari koʻriladi.
Farmonga muvofiq tashkil etiladigan zargarlik markazlaridagi ishlab chiqaruvchilarga qimmatbaho metallarni kechiktirib toʻlash sharti bilan sotishda:
- 90 kun ichida amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – foiz hisoblanmaydi;
- 91-kundan boshlab 180-kungacha amalga oshirilgan toʻlovlar qismiga – yillik 3 foiz miqdorida foiz hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring