Toshkent aeroportida 20 yoshli qizni fohishalik uchun Dubayga pullamoqchi boʻlgan shaxs ushlandi

12:40 16 Avgust 2024 Jamiyat
277 0

Foto: Videodan kadr

Toshkent Xalqaro aeroportida 20 yoshli qiz odam savdosi qurboni boʻlishining oldi olindi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda Angren shahrida yashovchi yigit A.R. (2004-yilda tugʻilgan) oʻziga tanish boʻlgan 20 yoshli qiz S.T.ni aldab, katta daromad topishga ishontirgani aniqlangan.

A.R. qizni Toshkent Xalqaro aeroporti orqali Dubay shahriga fohishalik uchun joʻnatayotgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.

Maʼlum boʻlishicha, yigit qizni joʻnatayotgani uchun Dubay shahrida yashovchi ayoldan 2 ming dollar olgan. Hozirda ushlangan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksi 135-moddasi (Odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?