“Toshkent” aeroporti yaqinidagi avtoturargohlar “Uzbekistan Airports” balansiga oʻtkaziladi
Foto: Uzbekistan Airports
“Toshkent-2” xalqaro terminali va ichki qatnovlar uchun moʻljallangan “Toshkent-3” terminalining avtoturargohlari, shuningdek, poytaxt aeroporti hududiga tutash joylardagi avtoturargohlar Uzbekistan Airports balansiga oʻtkaziladi.
Aytilishicha, ushbu hududlarning oʻtkazilishi avtoturargohlarni avtomatlashtirish, aerovokzal oldidagi hududlarni qaytadan qulay loyihalashtirish, yoʻlovchilarni kutib oluvchilar va kuzatuvchilar uchun koʻproq qulayliklar yaratish hamda oʻz yechimini kutayotgan taksi xizmati bilan bogʻliq muammolarni hal qilish imkonini beradi.
Xususan, avtoturargohlarda toʻxtash joyi uchun toʻlovni inson omilisiz amalga oshirish imkonini beruvchi avtomatlashtirilgan tizimni joriy etish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Uzbekistan Airports avtoturargohlarning joylashuvi va ulardan foydalanish davomiyligini (soat, sutka) hisobga olgan holda moslashuvchan tarif tizimini ishlab chiqmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring