“Toshkent-2023” II Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi ochildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Toshkentdagi Badiiy akademiya Markaziy koʻrgazmalar zalida “Toshkent-2023” II Xalqaro haykaltaroshlik simpoziumi boʻlib oʻtdi.
Tadbir Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Badiiy ijodkorlar uyushmasi tomonidan tashkil etildi.
Simpoziumni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov kirish soʻzi bilan ochib, barchani Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy tabrikladi.
Vazir, shuningdek, simpoziumning ahamiyatiga toʻxtaldi.
“Mazkur simpozium haykaltaroshlik sanʼati orqali ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish mavzusini xalqimiz ongiga chuqurroq singdirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, Toshkent shahrining madaniy muhiti va badiiy-landshaft qiyofasini rivojlantirish uchun marmardan haykaltaroshlik asarlari yaratish, xorijlik haykaltaroshlar bilan samarali ijodiy hamkorlik, tajriba almashish uchun qulay shart-sharoitni yuzaga keltirish maqsad qilingan”, dedi Aziz Abduhakimov.
Taʼkidlash joizki, bu galgi simpoziumda Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Argentina, Hindiston, Turkiya, Eron, Rossiya, Gruziya va Belorussiya kabi davlatlardan 10 nafar xorijiy va 11 nafar oʻzbekistonlik haykaltaroshlar qatnashmoqda.
Simpozium davomida tajribali haykaltaroshlar tomonidan urbanizatsiya, “yashil” rivojlanish, iqlim oʻzgarishi, Orol fojiasi oqibatlari haqida monumental va dekorativ asarlar yaratiladi. Qolaversa, xorijlik va mahalliy professional haykaltaroshlar ishtirokida mahalliy yoshlar uchun “master-klass”lar tashkil etiladi, ekoturistik obyektlar, istirohat bogʻlari, “yashil park”larda ekologik targʻibot monumentlari oʻrnatiladi. Simpozium bir oy davom etadi.
Maʼlumot uchun, ushbu tadbir ilk bor 2022-yilda Samarqand shahrida oʻtkazilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring