To‘qimachilik va moda sanoati ko‘rgazmasidan fotoreportaj
Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
18 oktyabrdan 20 oktyabrga qadar «O‘zekspomarkaz» MKKning, 3, 4-pavilonlarida va «Atrium 2» zalida «To‘qimachilik va moda sanoati – UzTextileExpo Autumn 2023» 7-Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi.
Ko‘rgazmani Iteca Exhibitions xalqaro ko‘rgazma kompaniyasi va uning hamkori ICA Eurasia Group «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi huzuridagi To‘qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketingi agentligi bilan hamkorlikda tashkil etadi. UzTextileExpo Autumn 2023» o‘z maydonida 8 mamlakatdan: Belarus, Hindiston, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Xitoydan 180 dan ortiq kompaniya va brendlarni jamlamoqda.
Joriy yilda O‘zbekistonning 58ta ishlab chiqaruvchisi, jumladan, flagmanlar va paxta-to‘qimachilik klasterlaridan tortib, eng talabchan mijozlarning talablarini to‘liq qondirish uchun mahsulot taqdim etadigan kichik biznes vakillarigacha ishtirok etishini tasdiqladi. An’anaga ko‘ra, ko‘rgazmaning doimiy ishtirokchilari - Osborn Textile, Samarkand Apparel, Saff Textile, Zelal Tekstil, Nil-Granit, Yustex, Bahmal Group, Global Textile Solutions, Barkas stendlarida siz yuqori sifatli to‘qimachilik va tikuvchilik mahsulotlari bilan tanishishingiz mumkin.
Bu yil ko‘rgazmada ilk marotaba Markaziy Osiyo mintaqasida savdoni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha USAID TCA dasturi doirasida stend namoyish etiladi. U Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondan 19 ta kompaniyani taqdim etadi, ular paxta-qog‘oz kalava iplari va matolari, jinsi matolar, interyer uchun gazlamalar va uy to‘qimachilik mahsulotlari, zig‘ir trikotajlari, butun oila uchun kiyim-kechak va aksessuarlarning keng to‘plamini taqdim etadi.
Tadbirning birinchi kunida ishtirok etgan "Xalq so‘zi" muxbiri fotoreportaj tayyorladi.








Foto: Hasan Paydoyev, «Xalq so‘zi»
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring