Tokioda Sirdaryo viloyatining investitsiya va eksport salohiyati namoyish etilmoqda

12:09 22 Yanvar 2026 Jamiyat
183 0

Ayni paytda Erkinjon Turdimov boshchiligidagi Sirdaryo viloyati delegatsiyasi Tokio shahrida Yaponiyaning qator yetakchi kompaniya va korporatsiyalar rahbarlari bilan samarali uchrashuvlar oʻtkazmoqda, deb xabar bermoqda Sirdaryo viloyati hokimligi axborot xizmati.

Xususan, bugun kunning birinchi yarmida viloyat rahbari Momiki Co. Ltd., Farmdo Group hamda Altai Trading kompaniyalari rahbariyati bilan muzokaralar olib borildi.

Uchrashuvlar davomida Sirdaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, Solar Farm loyihalarini amalga oshirish, shuningdek dukkakli ekinlar va boshqa agro mahsulotlarni Yaponiya bozorlariga eksport qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muzokaralarda tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, qoʻshma loyihalarni amalga oshirish hamda eksport salohiyatini oshirish boʻyicha aniq yoʻnalishlarni belgilab oldilar.

Аҳмадали ШЕРНАЗАРОВ, «Халқ сўзи».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?