“Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi
Foto: president.uz
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Prezident xalqimizning malakali va sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari yanada kengaytirilishini taʼkidladi.
Avvalo, bepul tibbiy yordamning kafolatlangan hajmi qonun bilan belgilanadi. Ajratilayotgan mablagʻlar har bir bemorga yetib borishi uchun davlat tibbiy sugʻurtasiga oʻtish tezlashtiriladi.
Kelasi yili bu tizim Toshkent shahrida boshlanadi. Bosqichma-bosqich boshqa hududlarda ham joriy qilinadi.
Sogʻlom ovqatlanish ratsioniga doir tavsiyalar odamlarga yetkazilmayotgani, turli yoshdagi kishilar uchun jismoniy mashqlarni oʻrgatish ishlari yoʻqligi taʼkidlandi.
Shu bois, “Toʻgʻri ovqatlanish va sogʻlom turmush tarzi” yangi umummilliy harakati mahalladan boshlanadi.
Prezidentimiz keyingi yili qoʻshimcha 140 ta oilaviy shifokor punkti va poliklinikalar, 520 ta olis va chekka mahallada ixcham tibbiyot punktlari tashkil etilishini maʼlum qildi.
Shu bilan birga, onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish boʻyicha uch yillik katta dastur amalga oshiriladi.
Barcha tugʻruq komplekslari toʻliq taʼmirlanadi va jihozlanadi, oʻrinlar soni 35 foizga koʻpaytiriladi.
Bundan tashqari, mamlakatimizda 15 mingga yaqin onkologik bemorlar nur yordamida davolanishga muhtoj.
Shu bois, kelasi yilda Samarqand, Fargʻona va Xorazmda xususiy sherikchilik asosida Radiologiya markazlarini tashkil etish loyihalarini boshlaymiz (bunday sharoit faqat Toshkent shahrida bor).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring