Tijorat maqsadida 400 million soʻmlik “svet” va gaz oʻgʻirlagan “uddaburonlar” qoʻlga tushdi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tumani boʻlimi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Unda aytilishicha, oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruv davomida YATT “Gʻ.S.” “Ishonch” MFY hududidagi novvoyxonasida umumiy foydalanishdagi tabiiy gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, 299,6 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani fosh qilingan.
Shu kabi yana bir holat, departamentning Ohangaron tumani boʻlimi xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ham aniqlangan.
Unga koʻra, “M.O.” fermer xoʻjaligi rahbari M.B. tijorat maqsadida suv nasosini elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan toʻgʻridan-toʻgʻri ulab, 109,8 million soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlangan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring