Tinchlik — bebaho neʼmat

10:33 09 Iyun 2022 Jamiyat
1920 0

Tinchlikni qadrlash, uni bebaho neʼmat ekanligini his etib yashash, Vatanimizni sevish, unga sadoqatli boʻlish, yosh avlod ongida vatanparvarlik tuygʻusini shakllantirish biz, oʻqituvchilarning asosiy vazifalarimizdan biri. Garchi hozir maktab oʻquvchilari yozgi taʼtilda boʻlsada ular oldidagi masʼuliyatimizni ado etishdan toʻxtaganimiz yoʻq.

Oʻquvchilarning yozgi taʼtilini maroqli tashkil etish maqsadida maktabimizning boshlangʻich sinf oʻquvchilari ishtirokida “Tinchlik — bebaho neʼmat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Tadbirda ishtirok etgan boshlangʻich sinf oʻquvchilariga farovon hayotimiz, baxtli bolalik, zamonaviy maktablarda ilm olish, qiziqqan sport turlari bilan shugʻullanish kabi barcha saʼy-harakatlar tinchlik tufayli ekanligini tushuntirib, buni qadrlash lozimligini uqdirdik.

Oʻquvchilar tomonidan yod olingan sheʼrlar, sahna chiqishlari tadbirga oʻzgacha ruh bagʻishladi. Endigina taʼtilga chiqqan bolajonlar maktabni qoʻmsab qolganligini qayta-qayta taʼkidlashdi. Shu bois endi maktabimizda bunday tadbirlar butun yoz davomida tez-tez tashkil qilishga kelishib oldik.

Oʻlmasxon Qodirova, 

Sergeli tumanidagi 269-maktabning boshlangʻich sinf oʻqituvchisi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер