“Tilimizga befarq boʻlmang!” Atamalar komissiyasi 30 ta xorijiy soʻz uchun oʻzbekcha muqobil taklif qildi
Illyustrativ foto
Xorijiy atamalarni oʻzbekcha muqobillariga almashtirish boʻyicha jamoatchilik yuborgan takliflar Oʻzbekiston Respublikasi Atamalar komissiyasining ishchi kengashi – Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti olimlari tomonidan koʻrib chiqildi. Ular hozircha 30 ta atamaning oʻzbekcha muqobilini taklif etmoqda:
- Aysberg — Muztogʻ
- Bruschatka — Yoʻlgʻisht
- Diskussiya — Bahs, munozara
- Zona — Hudud
- Instrument — Ish quroli
- Intensiv — Jadal
- Kamera — Boʻlma
- Konstruksiya — Tuzilma
- Koordinator — Muvofiqlashtiruvchi
- Koridor — Yoʻlak
- Lider — Yoʻlboshchi, yetakchi
- Marshrut — Yoʻnalish
- Progress, progressiv — Ilgʻor, rivojlanish
- Dostavka — Yetkazish
- Probeg — Yurim
- Set (ovqatlar seti boʻyicha) — Toʻplam
- Oprava — Koʻzoynak bandi
- Polik — Toʻshama
- Balansirovka — Muvozanatlashtirish
- Vnedorojnik — Yoʻltanlamas
- Chelenj — Chorlov
- Navigator — Yoʻllagich
- Selfi — Oʻzchekim
- Svetofor — Yoʻlchiroq
- Ekspluatatsiya — Foydalanish
- Aksiya — Yalpi harakat
- Kuler — Suvlik
- Keshbek — Hadya-qaytim
- Poverbank — Kuchlantirgich
- Karving — Meva bezakchiligi
Taʼkidlanishicha, bu yakuniy variant emas, ishchi organ taqdim etilayotgan atamalarning milliy muqobillari boʻyicha boshqa fikr va mulohazalarni ham eshitishga tayyor.
“Tilimizga befarq boʻlmang!” deyiladi Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi eʼlonida.
Ushbu havola orqali har kim oʻz fikri va variantini bildirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Insoniyat sivilizatsiyasiga asos boʻlgan yutuqlar shu zamindan kelib chiqqan” — Paragvay Prezidenti
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring