“Tez yordam” nega baʼzi hollarda kechikishi mumkin?
Hayot sinov va tasodiflardan holi emas. Kutilmaganda roʻy beradigan baxtsiz hodisalar, favqulodda holatlar paytida yoki kasalliklar
Shoshilinch tibbiy yordamning tezkorligi, sifat va samaradorligini oshirishga yoʻnaltirilgan ishlar oʻz samarasini bermoqda. Biroq, davlatimiz tomonidan yaratilayotgan zamonaviy sharoitlarga qaramay, sohada hali qator oʻylantiradigan masalalar ham yoʻq emas. Masalan, baʼzi hollarda chaqiriq joyiga “tez yordam”
Jumladan, joriy yilning 11 oyi davomida umumiy murojaatlarning 2,3 foiz holatlarda chaqiriqqa kechikib kelish holatlari yuz bergan. Toʻgʻri, bu foiz oʻtgan yillardagi bu boradagi koʻrsatkichlarda ancha past. Ammo shu oʻrinda, xoʻsh, “103” xizmati xodimlar va ixtisoslashgan avtotransport vositalari bilan toʻliq taʼminlangan boʻlsa, unda nega baʼzi hollarda tez yordam kechikadi, degan haqli savol tugʻilishi tabiiy.
Mutaxassislarning fikricha, bunga bir tomondan murojaatlar soni koʻpligi boʻlsa, ikkinchi tomondan aksariyat holatlarda yoʻllarda “tez yordam” mashinasiga yoʻl berilmaslik, asossiz va yolgʻon chaqiriqlar bilan bogʻliq holatlar sabab boʻlmoqda. Birgina joriy yilning 11 oyi davomida ushbu xizmatga 94 mingdan oshiq shoshilinch boʻlmagan holatlardagi murojaatlar, 133 mingga yaqin natijasiz chaqiriqlar hamda surunkali kasalliklari boʻlgan bemorlardan 832 mingga yaqin qoʻngʻiroqlar kelib tushgan.
Taraqqiy etgan xorijiy davlatlarda yoʻllarda “tez yordam” mashinalari uchun alohida yoʻlaklar barpo etilgan. Bu yoʻllar doimo ochiq turadi. Shu bilan birga, “tez yordam”
Mamlakatimizda keyingi yillarda bunyodkorlik ishlari jarayonida bu masalalarga alohida eʼtibor qaratilayotgani quvonarli hol, albatta. Ammo qilinishi kerak boʻlgan ishlar ham talaygina.
Chunki, yoʻllarimizda “tez yordam” mashinasiga yoʻl bermaslik holatlari hali ham tez-tez uchramoqda. Qachonki, mashina chaqiruv signalini yoqsagina, yoʻl boʻshatilishi mumkin.
Afsuski, chaqiruv signaliga parvo qilmaydiganlar ham yoʻq emas. Holbuki, bu hayotda hech bir inson tasodifiy baxtsiz hodisalardan, sogʻligʻi bilan bogʻliq muammo yuz berishidan kafolatlanmagan.
Shunday ekan, oʻzining va oʻzgalarning sogʻligʻi uchun hamisha eʼtiborli va masʼuliyatli boʻlish insoniylikning muhim qoidasidir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring