Termiz—Hayraton koʻprigi orqali fuqarolar harakati tiklandi
Foto: Savdo-sanoat palatasi
Oʻzbekiston va Afgʻonistonni bogʻlab turuvchi Termiz—Hayraton koʻprigi orqali fuqarolarni oʻtkazish punktlari qayta ish boshladi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Savdo-sanoat palatasi.
Qayd etilishicha, Ayritomdan 75 kilometr masofada joylashgan (1 soatlik yoʻl) Mozori Sharifga yetib borish uchun tadbirkorlar Tojikiston orqali bir kunlik aylanma yoʻldan foydalanishga majbur boʻlgan. Hozirda bu cheklovlar bekor qilingan va yoʻl qayta ochilgan.
Endilikda yoʻlovchilar ikki davlat orasida toʻgʻridan-toʻgʻri va xavfsiz tarzda harakatlanishi mumkin. Shu bilan birga, viza talabi oʻz kuchida qoladi.
“Chegaradan oʻtish tartibining tiklanishi eksport qiluvchi korxonalar uchun katta qulaylik yaratadi. Afgʻonistonga eksport hajmi oxirgi yillarda barqaror oʻsmoqda va ayniqsa bu yoʻlning ochilishi bilan 2026-yilda eksport hajmini 2,5 mlrd dollarga yetkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud”, deyiladi xabarda.
Davlat tadbirkorlarni Afgʻoniston bozoriga chiqishda quyidagi imtiyozlar bilan qoʻllab-quvvatlamoqda:
• Hayraton yoki Mozori Sharifda ombor ochgan tadbirkorlar uchun omborni saqlash bilan bogʻliq xarajatlar 100% qoplab beriladi.
• Mahsulotlarni Afgʻonistonning 34 viloyatida reklama qilish xarajatlari — toʻliq kompensatsiya qilinadi.
Maʼlumki, 2021-yilda fuqarolar harakati cheklangan, bu esa tadbirkorlarning Afgʻonistonga borishini sezilarli darajada qiyinlashtirgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- ICCI 2026: Yangi Oʻzbekistonning qurilish salohiyati – gʻoyalardan keng koʻlamli yechimlargacha
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring