“Terminals Holding” Navoiy aeroportini rivojlantirish strategiyasini tayyorlamoqda
“Terminals Holding Sole Proprietorship” delegatsiyasi yuk terminali infratuzilmasi va ishlash jarayoni bilan yaqindan tanishish maqsadida “Navoiy” xalqaro aeroportiga tashrif buyurdi.
Eslatib oʻtamiz, noyabr oyi oxirida “Uzbekistan Airports” va “Terminals Holding” oʻrtasida “Navoiy” xalqaro aeroporti yuk terminalini boshqaruvga berish boʻyicha kelishuv imzolangan edi.
Maqsad — “Terminals Holding” tomonidan taklif etilayotgan zamonaviy texnologiyalar va investitsiyalardan foydalangan holda Navoiy aeroporti yuk habini rivojlantirish uchun qoʻshma resurslarni birlashtirish.
Erishilgan kelishuvlardan oldin, BAA kompaniyasi loyihaga qiziqish bildirgan paytdan boshlab, ikki yil davomida muzokaralar olib borildi.
Shu kunlarda “Terminals Holding” vakillari “Navoiy” aeroportining yuk terminaliga tashrif buyurib, infratuzilma, omborlardagi mavjud maxsus texnika va jihozlar bilan tanishdi, import qilinadigan tovarlarni qayta ishlash jarayonlari va bojxona organlari bilan oʻzaro hamkorlikni va Oʻzbekiston yuk tashish sohasi bilan bogʻliq qonunchilik normalarini oʻrganishga kirishdi.
Tahlil natijalariga koʻra kompaniya mutaxassislari yuk xabini rivojlantirish strategiyasini va yuk reyslarining istiqbolli yoʻnalishlari prognozini tuzadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring