Telefoningizni hoziroq oʻchiring: olimlar gadjetlar uyquni qanday buzishini aniqladi
Illyustrativ foto
Uxlashga yotishdan oldin gadjetlar bilan oʻtkazilgan bir soat uyqusizlik xavfini 59 foizga oshiradi va uyqu davomiyligini oʻrtacha 24 daqiqaga qisqartiradi. Norvegiyalik tadqiqotchilar 45 mingdan ortiq koʻngillilarga oid maʼlumotlarni tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi.
“Frontiers in Psychiatry” jurnalida chop etilgan tadqiqot ishi natijalariga koʻra, unda 18 yoshdan 28 yoshgacha boʻlgan talabalar jalb etilgan. Ishtirokchilardan uyqudan oldin elektron qurilmalardan foydalanishi, bunga qancha vaqt ketishi va aynan nimalar bilan shugʻullanishi — unda oʻyin oʻynashi, musiqa tinglashi, ijtimoiy tarmoqlarni koʻzdan kechirishi yoki oʻquv materiallarini mutolaa qilishi haqida soʻraldi. Shuningdek, uyquga ketish vaqti, uyquning davomiyligi, uning buzilishlari mavjudligi va kunduzgi seruyqulik darajasi ham qayd qilingan.
Maʼlum boʻlishicha, faollik turining oʻzi ahamiyatga ega emas — asosiy omil elektron qurilma ekrani qarshisida oʻtkazilgan vaqtning davomiyligi boʻladi: odam uxlashdan avval gadjet oldida qancha koʻp vaqt oʻtkazsa, uning uyqusi shunchalik koʻp buziladi.
Tadqiqot mualliflari dam olish sifatiga salbiy taʼsirini kamaytirish uchun uxlashga yotishdan kamida 30 daqiqa oldin elektron qurilmalardan foydalanishni kamaytirishni va xabarnomalarni oʻchirib qoʻyishni tavsiya etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Afrika pingvinlari 2036-yilga borib, baliq tanqisligi sabab yoʻqolib ketishi mumkin
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring