Afrika pingvinlari 2036-yilga borib, baliq tanqisligi sabab yoʻqolib ketishi mumkin

11:44 06 Dekabr 2025 Dunyo
1089 0

Afrika pingvinlari janubiy Afrika sohillari yaqinida baliq zaxiralarining keskin qisqarishi tufayli jadal surʼatda yoʻqolib bormoqda. Bu haqda TASS JARning Qoʻriqxonalar, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik vazirligi hamda Buyuk Britaniyaning Ekseter universiteti tayyorlagan hisobotga tayanib xabar berdi.

Olimlarning taʼkidlashicha, oxirgi 30 yilda Afrika pingvinlari populyatsiyasi 95 foizga qisqargan va tur yoʻqolib ketish arafasida turibdi.

Asosiy sabab sifatida pingvinlarning asosiy ozuqa manbai — sardin va anchouslar populyatsiyasining kamayishi natijasida yuzaga kelgan va davom etayotgan ochlik koʻrsatilmoqda.

“Hozircha ilmiy jihatdan toʻliq tushuntirib boʻlmagan sabablarga koʻra, sardin va anchouslar JAR va Namibiya sohillaridagi qator hududlarni tark etgan. Bu hududlarda pingvinlar joylashadi va bachadorlik davrini oʻtkazadi”, — deyiladi hisobotda.

Maʼlum qilinishicha, 2004–2011-yillar oraligʻida faqatgina JAR hududida ochlik sabab 60 mingdan ortiq pingvin nobud boʻlgan. Hozir Afrikada yovvoyi tabiat sharoitida taxminan 20 mingga yaqin pingvin qolgan.

Janubiy Afrikaning BirdLife South Africa nomli ekologik NNT mutaxassislarining baholashicha, 2036-yilga kelib Afrika pingvinlari tur sifatida butunlay yoʻqolishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?