Tramp Venesuela bilan urush ehtimolini inkor etmadi
AQSH prezidenti Donald Tramp Venesuela bilan urush boshlanishi ehtimolini inkor etmadi. Bu haqda u NBC telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Men buni inkor etmayman, yoʻq”, — deya javob berdi AQSH rahbari urush ehtimoli haqidagi savolga.
Shu bilan birga, Tramp Venesuela kemalariga zarba berilishi urushga olib kelishi mumkinligi haqidagi masalani muhokama qilish niyatida emasligini bildirdi.
Avvalroq AQSH prezidenti uning maʼmuriyati Venesueladagi narkokartellar bilan bogʻliq yer usti nishonlariga ehtimoliy zarbalar berish uchun Kongressdan alohida ruxsat soʻrashi shart emasligini taʼkidlagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Toshkentda “UzFood 2026” va “OʻzuPACK 2026” Xalqaro koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda (+fotoreportaj)
- Shayxa Nosir Al Novays: “Men bu kabi yondashuvni avval koʻrmaganman”
- Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
- “Yengilmas: Tokioga yoʻl”
- Toshkentda Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan harbiy parad oʻtkazilmoqda (fotoreportaj)
- Surxondaryoda 3 ming yillik shahar qoldiqlari topildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring