Teylor Sviftning konserti IShID terrorchisining tahdidi sababli qoldirildi
IShID terrorchilari sifatida talqin qilinayotgan shaxslarning tahdidlari sababli Teylor Sviftning konserti qoldirildi. Bu haqda “Newsweek” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, Avstriya hukumati teraktning oldini olish maqsadida ikki shaxsni hibsga oldi. Rejalashtirilgan hujum Sviftning yaqinlashib kelayotgan shoularida xavfsizlik choralarining kuchaytirilishiga olib kelgan.
Teylor Svift Venadagi “Ernst-Happel-Stadion”da payshanba, juma va shanba kunlariga rejalashtirilgan konsertini kechiktirishga majbur boʻlgan. Tadbir tashkilotchilari ham barchaning xavfsizligini taʼminlash uchun shoularni bekor qilishga qaror qilishdi.
Avstriya jamoat xavfsizligi direktori Frans Ruf 19 yoshli gumonlanuvchining konsertlarda terakt uyushtirishga boʻlgan harakatlari fosh qilinganini bildirgan. Rasmiylar gumonlanuvchining turar joyida portlovchi kimyoviy moddalarni topgan va hozirda tekshirish ishlari davom etmoqda.
Razvedka tashkilotlari Frans Rufning IShIDga aʼzo ekanligi va internetda radikal fikrlarni ilgari surib kelgani aniqlangan. Hibsga olishda Avstriyaning “Kobra” maxsus guruhi yordam bergan. Rasmiylar gumonlanuvchining potentsial hujumga “tayyorgarlik harakatlari” haqida maxsus razvedka tashkilotlari orqali xabar topgan.
Teylor Sviftning gastrol safari shu oyning oxirida Londondagi shoulari, keyin esa Kanadadagi chiqishlari bilan davom etadi. Noyabrda Torontoda, dekabrda Vankuverda konsert beradi. Venadagi konsertning bekor qilinganiga qaramay, Sviftning “Eras Tour” butun dunyo boʻylab muxlislar tomonidan intiqlik bilan kutilmoqda.
Avvalroq, Virjiniyada Kamala Harrisga oʻlim bilan tahdid qilishgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring