Tashqi ishlar vazirligida ayrim tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari oʻzgartirildi
Foto: Arxiv surat
Joriy yilning 28-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov raisligida TIVning kengaytirilgan Hayʼat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljonov xabar berdi.
Unda vazirlik tarkibiy boʻlinmalariga yangi tayinlangan rahbarlar tanishtirildi:
Ibragimov Baxtiyor Bahodirovich (ilgari Oʻzbekistonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi Elchisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy diplomatiya departamenti direktori lavozimiga tayinlandi;
Mirzaraximov Sarvar Xamitjanovich (ilgari Davlat protokoli boshqarmasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan) –Davlat protokoli boshqarmasi boshligʻi v.b. lavozimiga tayinlandi;
Akramov Umid Shuhratovich (ilgari Tashqi ishlar vazirligi Moliya-iqtisodiyot boshqarmasi bosh mutaxassisi lavozimida ishlagan) – Iqtisodiy taʼminot boʻlimi boshligʻi v.b. lavozimiga tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring