«Tashabbusli byudjet» loyihasida Fargʻona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari aholisi faol boʻldi
Foto: president.uz
Mahallalarni obod qilish va ularga infratuzilma olib borish dasturlarini ishlab chiqishda aholi koʻtargan 12 mingta masalani ham hal qilishni oʻz ichiga oladigan yangi tizim yaratiladi.
Eng avvalo, 4 979 ta mahalladagi ichki yoʻllar, ichimlik suvi va oqova tizimi, elektr energiyasi va gaz taʼminoti, bogʻcha, maktab va sport obyektlari, obodonlashtirish, sugʻorish, koʻchalarni yoritish va boshqa masalalarni hal qilishga bir oy muddatda “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamgʻarmalariga 1,7 trillion soʻm yoʻnaltirish topshirildi. Ehtiyojga qarab, yil yakuniga qadar yana 1 trillion soʻm ajratilishi taʼkidlandi.
Joriy yilning ikkinchi yarmida «Tashabbusli byudjet» loyihasi doirasida 9 201 ta mahalla ishtirok etib, 38 mingta loyihaga 8 million aholi ovoz berdi (birinchi yarim yillikda 4 mingta mahalla qatnashgan).
Bu borada, Fargʻona, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari aholisi faol boʻldi.
Ovoz berish yakunlariga koʻra, 1 418 ta loyiha gʻolib deb topilib, ular uchun jami 1 trillion soʻm mablagʻ oʻtkazib berildi.
Prezident «Tashabbusli byudjet» loyihasini yanada kengaytirish va ommalashtirish zarurligini taʼkidladi. Shu bois, bir hafta muddatda har biri 2 mingdan ortiq aholi ovozini toʻplagan, lekin gʻolib boʻlmagan 364 ta loyiha uchun qoʻshimcha 335 milliard soʻm ajratishga koʻrsatma berildi.
200 dan ortiq aholi qoʻllab-quvvatlagan mahalla shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalarni jihozlashga kelgusi yilda qoʻshimcha 200 milliard soʻm ajratiladi. Bu orqali 195 ta loyiha doirasida 600 ta mahalla aholisi qamrab olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- Tarix va zamonaviylik uygʻunlashgan shahar — Turkiya poytaxtidan fotoreportaj
- Kuchli qichishish va jismoniy azobdan tashqari, insonni ruhan ham yemiradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring