Tanzila Narbayeva va Bolgariya Prezidenti Rumen Radev uchrashuvi boʻlib oʻtdi

10-iyun kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva IV Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Bolgariya Respublikasi Prezidenti Rumen Radev bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv samimiy va ochiq ruhda oʻtib, ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Tanzila Narbayeva oliy martabali mehmonni samimiy qutlab, Bolgariya Prezidentining tashrifi Oʻzbekiston va Bolgariya oʻrtasidagi oʻzaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlashga boʻlgan intilishining yaqqol ifodasi ekanini taʼkidladi. Suhbat davomida Oʻzbekiston-Bolgariya munosabatlari 28 ta ikki tomonlama hujjat asosida barqaror va izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi.
Prezident Rumen Radev oʻz navbatida Toshkent xalqaro investitsiya forumini Markaziy Osiyo mintaqasining iqtisodiy taraqqiyoti va xalqaro sarmoyaviy hamkorlikni chuqurlashtirishga xizmat qiluvchi muhim platforma sifatida baholadi. U mazkur forumda ishtirok etishdan mamnun ekanini bildirdi.
Uchrashuvda parlamentlararo aloqalarni faollashtirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bolgariya Prezidentining Oliy Majlis Senatiga tashrifi ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasidagi muloqotni faollashtirish va yanada chuqurlashtirish uchun muhim qadam sifatida baholandi.
Tomonlar ikki mamlakat parlamentlari oʻrtasida tizimli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, palatalar va tegishli qoʻmitalar rahbarlari darajasida muntazam uchrashuvlar oʻtkazish, parlamentlararo doʻstlik guruhlari rejalari ustida ishlash va qonun ijodkorligi sohasida tajriba almashish zarurligi boʻyicha yakdil fikr bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring