Tanzila Narbayeva Qirgʻiz Respublikasi elchisi bilan uchrashdi

2025-yil 23-may kuni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Qirgʻiz Respublikasining Oʻzbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Duyshonqul Chotonov bilan uchrashuv oʻtkazdi. Suhbat chogʻida Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasidagi ikki tomonlama aloqalar, ayniqsa soʻnggi yillarda barqaror rivojlanib borayotgan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlarning jadal rivojlanishida ikki mamlakat yetakchilarining siyosiy irodasi va oʻzaro ishonchga asoslangan muloqotlari hal qiluvchi rol oʻynagani alohida taʼkidlandi. Xususan, oliy darajadagi muntazam uchrashuvlar va tashriflar ikki tomonlama hamkorlikning mustahkam asoslarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
Tomonlar parlamentlararo hamkorlik masalalariga ham alohida eʼtibor qaratdilar. Oliy Majlis va Jogorku Kenesh oʻrtasida faoliyat yuritayotgan parlamentlararo komissiya doirasida turli hududlarda muntazam tarzda majlislar tashkil etilayotgani nafaqat parlamentlararo aloqalarni, balki hududlararo hamkorlikni kengaytirishga ham ijobiy taʼsir koʻrsatayotgani qayd etildi.
Shuningdek, uchrashuvda Oʻzbekiston va Qirgʻiziston xalqlari oʻrtasidagi tarixiy doʻstlik va yaxshi qoʻshnichilik munosabatlarini mustahkamlash boʻyicha qoʻshma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirish borasida ikki tomon oʻzaro manfaatdor ekanliklarini bildirdilar. Tomonlar ushbu yoʻnalishda oʻzaro hamjihatlikda ishlashga tayyor ekanliklarini yana bir bor tasdiqladilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring