Tanishini “Lacetti”da qasddan urib yuborgan fuqaroga ochilgan jinoyat ishi qayta malakalandi
Joriy yilning 10-iyul kuni Fargʻona shahrida fuqaro F.Z. Fargʻona shahar Oʻzbekiston ovozi koʻchasida tanishi M.A. bilan oʻzaro gap talashib janjallashib, oʻziga tegishli “Lacetti” rusumli avtomobilida M.A.ni urib yuborgan edi.
Dastlab, mazkur holat yuzasidan F.Z.ga nisbatan Fargʻona shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining matbuot kotibi Xayot Shamsutdinovning maʼlum qilishicha, ushbu jinoyat ishi hujjatlari prokuratura tomonidan nazorat tartibida oʻrganilgan.
“Oʻrganishda ayblanuvchi shaxsning xatti-harakatlarida qasddan odam oʻldirish jinoyati alomatlari mavjudligi aniqlanganligi sababli, jinoyat ishi Jinoyat kodeksining 97-moddasiga qayta malakalandi. Hozirda prokuratura tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi Shamsutdinov xabarida.
Maʼlumot uchun, koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan fuqaro M.A. shifoxonada vafot etgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring