Taniqli bastakor Sultonali Rahmatov vafot etdi
Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli bastakor Sultonali Rahmatov 55 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlumot uchun, Sultonali Rahmatov 1970-yil 13-yanvarda Toshkent shahrida tugʻilgan. U koʻp yillar davomida sanʼatning estrada va bastakorlik sohasida faoliyat yuritdi hamda ushbu sanʼatni rivojlantirishda fidokorona xizmat qildi.
Rahmatovning “Oʻzbekiston”, “Mening Oʻzbekistonim”, “Assalom Oʻzbekiston” kabi kuylari nafaqat televideniye orqali, balki rasmiy tantanalar, bayram sahnalari va xalq orasida ham tinmay yangrab kelgan.
“Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi jamoasi Sultonali Rahmatovning oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring