Tailand Amaliy sanʼat departamenti delegatsiyasi Oʻzbekistonga keldi

2023-yil 24 oktyabr kuni Tailand Amaliy sanʼat departamenti delegatsiyasi Toshkentga yetib keldi. Mehmonlar I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Madaniy meros agentligi rahbariyati tomonidan kutib olindi.
Xalqaro hamkorlar Oʻzbekiston davlat tarix muzeyida mamlakatimiz tarixiga oid boʻlgan eksponatlar bilan tanishishdi.
Delegatsiya aʼzolari tashrif davomida Toshkent, Fargʻona, Termiz, Shahrisabz, Samarqand shaharlarida boʻlib, tarixiy va davlat muzeylari hamda muqaddas qadamjolarda boʻlishadi. 7 kunlik safar chogʻida mehmonlar viloyatlarda joylashgan qadim tarixdan soʻz ochuvchi maskanlarga tashrif buyurishadi.
5 shahar boʻylab safarda delegatsiya aʼzolariga viloyat hokimligi hamda Madaniy meros agentligi xodimlari hamrohlik qilishadi. Mehmonlarning ilk tashrifi Fargʻona viloyatidan boshlandi. Kun davomida shaharda joylashgan kulolchilik va tarixiy obidalar joylashgan maskanlarga tashrif buyurishadi.
Delegatsiya aʼzolarining tashrifi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring