Tadbirkorlarni tekshirish o‘tgan yilga nisbatan 40 foizga kamaydi
Foto: Prezident matbuot xizmati
2023 yil olti oyida tadbirkorlarni tekshirish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 foizga kamaygan. Bu haqda Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti vaqtida ma’lum qilindi.
Ya’ni, tadbirkorlar to‘g‘ri ishlash “soyada ishlashdan” afzal ekanini tushunib yetmoqda. Shuning uchun ham soliq hisobotlarini topshirish va kameral tekshirish natijalari bo‘yicha moliyaviy jarimalar qo‘llash bekor qilindi.
Umuman, o‘tgan bir yilda kichik tadbirkorlar soni 40 mingtaga ko‘paydi, o‘rta tadbirkorlar soni 2 mingtaga oshib, 10 mingga yetdi. Yirik korxonalar soni esa bir yilda 400 taga ko‘payib, 1,5 mingta bo‘ldi.
Berilgan yengilliklardan foydalanib, bir yilda 155 ta korxonaning yillik aylanmasi 100 million dollardan oshdi.
Kiritilgan yillik xorijiy sarmoyalar hajmi esa ilk bor 10 milliard dollarga yetdi.
Bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlardan keyin so‘nggi ikki yilda korxonalarimiz tomonidan 25 milliard dollarlik mahsulotlar eksport qilindi va avval import qilingan 10 milliard dollarlik mahsulotni o‘zimizda ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- “Real Madrid” magʻlubiyatga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring