Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi
Illyustrativ foto
Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Chakana savdo va xizmat koʻrsatish sohasida nazorat-kassa texnikasidan foydalanishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qaroriga muvofiq raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini toʻgʻri oʻqishni taʼminlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.
Shu boisdan, 2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bogʻliq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan koʻp boʻlmagan miqdorda hisoblangan va toʻlanishi lozim boʻlgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi summalariga kamaytirish huquqi berildi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, avval ham ushbu imtiyoz tadbirkorlarga berilgan boʻlib, u 2022-yildan 2023-yilning 1-yanvariga qadar davom etgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring