Tadbirkorlar uchun yangilik: ularning moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyati kengayadi

Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Oliy Majlis Senatining to‘rtinchi yalpi majlisida “Tadbirkorlik sub’yektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun muhokama qilindi.
Qonunda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirish sharoitlarida tadbirkorlik sub’yektlarini moliyalashtirishning yangicha va muqobil vositalarini ishlab chiqish, ayniqsa, tadbirkorlik sub’yektlariga kafolat tarzida yordam ko‘rsatish sohasini kengaytirish, bank kreditlariga muqobil bo‘lgan pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish evaziga moliyalash mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan normalar belgilanmoqda.
Xususan, mazkur Qonunga ko‘ra faktoring ob’yekti sifatida yuridik shaxsga yoki tadbirkorlik sub’yektiga nisbatan kelib chiqadigan pul talabnomasini belgilash, pul talabnomasidan boshqa shaxs foydasiga voz kechish bo‘yicha taqiqni buzganlik uchun javobgarlikni bekor qilish va mijozning kontragenti norezident bo‘lganda faktoring operatsiyalarini xorijiy valyutada amalga oshirishga ruxsat beriladi.
Faktoringda qarzdorning huquqiy himoyasini kuchaytirish maqsadida moliya agenti tomonidan to‘lov amalga oshiriladigan davlat va valyuta turi o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘yilmasligi, shuningdek, faktoringda firibgarlik holatlarining oldini olish uchun pul talabnomasidan voz kechish to‘g‘risidagi xabarnomalarni garov reyestrida ro‘yxatga olishni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilmoqda.
Mazkur hujjat bilan tadbirkorlik sub’yektlariga kredit tashkiloti oldidagi pul majburiyatini bajarish bo‘yicha kafolatlar (kafilliklar) berish faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi, shuningdek, qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa xizmatlar ko‘rsatuvchi kafolatlar berish tashkiloti hamda faktoring xizmatlari ko‘rsatishga ixtisoslashgan faktoring tashkiloti institutlari joriy etilmoqda.
Endilikda Qonunga asosan ustav fondining eng kam miqdori kafolatlar berish tashkiloti uchun 100 mlrd so‘m, faktoring tashkilotlari uchun esa 2 mlrd so‘m etib belgilanmoqda. Mazkur tashkilotlar Markaziy bankda hisob ro‘yxatidan o‘tkazilishi, ularning faoliyati Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi.
Qonunda nobank kredit tashkilotlari faoliyatiga qo‘yilgan ayrim cheklovlarni yumshatish va takomillashtirish nazarda tutilib, ularni aksiyadorlik jamiyati yoki mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etilishi mumkinligi, ularning ustav fondidagi ulushning 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan qismini bevosita yoki bilvosita olganda Markaziy bankni xabardor qilish, 20 va undan ortiq foizini olganda esa Markaziy bankning dastlabki ruxsatnomasini olishi shartligi belgilanmoqda.
Mazkur Qonunning qabul qilinishi tadbirkorlik sub’yektlarining moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarining kengayishiga, biznesni qo‘llab-quvvatlash xizmatlari turlarining ortishiga, tadbirkorlik loyihalarini moliyalashtirishning yangi yo‘nalishlari yaratilishiga xizmat qiladi.
Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.
Foto: Akmal Muhammadov / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Kambagʻal oilalar farzandlarining toʻgarak xarajatlarining 80 foizgacha qismi davlat byudjeti hisobidan qoplanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring