Tadbirkorga davlat idorasidan 35,9 million soʻm undirib berildi

16:04 05 Iyun 2022 Jamiyat
711 0

Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi “Urgut mebel gold” MCHJ davlat idorasi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha qarzdorlikni undirishda muammoga duch kelib, Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Maʼlum boʻlishicha, Jamiyat va Samarqand shahar maktabgacha taʼlim tashkiloti oʻrtasida mebel jihozlarini yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilgan. Shartnomaga asosan tadbirkor tomonidan 35,9 million soʻmlik jihozlar yetkazib berilganligiga qaramasdan, maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan toʻlovlar amalga oshirilmagan. Ushbu holat yuzasidan Jamiyat tomonidan sudga daʼvo arizasi kiritilib, sud qarori bilan Samarqand shahar maktabgacha taʼlim tashkilotidan 35,9 million soʻm Jamiyat foydasiga undirilishi belgilangan, ammo sud qarori ijrosiz qoldirilgan.

Biznes-ombudsman tomonidan amalga oshirilgan ishlar natijasida “Urgut mebel gold” MCHJga Samarqand shahar maktabgacha taʼlim tashkiloti tomonidan 35,9 million soʻm qarzdorlik toʻlab berilishi taʼminlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер