Tadbirkor foydasiga 128 million soʻm undiriladigan boʻldi

17:55 24 Iyul 2022 Jamiyat
701 0

“Entity” XK (nomi oʻzgartirilgan) davlat idorasidan shartnoma boʻyicha toʻlovlarni undirishda muammoga duch kelganligi sababli Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Maʼlum boʻlishicha, кorxona va Qashqadaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi oʻrtasida mahsulot yetkazib berish toʻgʻrisida shartnoma imzolangan va unga muvofiq Korxona tomonidan belgilangan ishlar bajarilgan boʻlsada, toʻlovlar toʻliq amalga oshirilmagan.

Ushbu holat boʻyicha Biznes-ombudsman tomonidan Izboskan tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritilib, sudning hal qiluv qarori bilan Qashqadaryo viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasidan Korxona foydasiga 128 million soʻm qarzdorlikni undirish belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер