Tabiiy uzoq umr koʻrish siri fosh boʻldi

Bar-Ilan universiteti olimlari tabiiy uzoq umr koʻrish sirini ochishdi. Ular soʻnggi tadqiqotda sisemaliklarda umr davomiyligi bilan bogʻliq boʻlgan belgi va oqsil oʻzgarishlarini aniqlashga muvaffaq boʻlishdi. “Nature Communications” ilmiy jurnalida chop etilgan ushbu tadqiqot insoniyat uchun ham sogʻlom qarish yoʻlida yangi eshiklarni ochishi mumkin.
Tadqiqot professor Xaim Koen rahbarligida Bar-Ilan universitetining “Sogʻlom inson qarish markazi” hamda Xayfa universitetidan doktor Sagi Snir hamkorligida amalga oshirildi. Ularda maqsad faqat umrni uzaytirish emas, balki inson hayotidagi sogʻlomlik davrini ham kengaytirishdan iborat boʻldi. Ular bunda tabiatning oʻziga murojaat qilib, evolyutsiya davomida rivojlangan uzoq umr bilan bogʻliq mexanizmlarni oʻrganishdi.
Tadqiqot doirasida Sara Feldman-Trabelsi nomli doktorant yangi hisoblash vositasi – PHARAOH (Positive posttranslational Modifications Regulator of Healthspan) dasturini ishlab chiqdi. Ushbu dastur 107 xil sisemalik turlari boʻyicha oqsil tarkiblarini taqqoslab, umri uzun boʻlgan turlarda qanday posttranslyatsion modifikatsiyalar (PTMs) koʻproq uchrashini aniqladi. Bu modifikatsiyalar hujayra ichidagi muhim jarayonlarni boshqaradi va xavfli kasalliklarga qarshi bardoshni oshiradi.
PHARAOH dasturi orqali aniqlangan belgi va modifikatsiyalar, tajriba yoʻli bilan ham sinab koʻrildi va ularning qarishga qarshi taʼsiri tasdiqlandi. Ushbu natijalar uzoq umr koʻruvchi hayvonlardagi murakkab biologik himoya mexanizmlari haqida yangi tushunchalar berdi. Jumladan, kitlar kabi ulkan hayvonlarda raks kasalligi nisbatan kam uchraydi, bunga ulardagi muayyan PTMs sabab boʻlishi mumkinligi aytilmoqda.
Professor Xaim Koen taʼkidlashicha, tadqiqot natijalari kelajakda rak, Alsgeymer, diabet kabi qarish bilan bogʻliq kasalliklarga qarshi samarali muolaja usullarini ishlab chiqishga zamin yaratadi. Shu bilan birga, uzoq va sogʻlom hayot kechirishni tabiatning oʻzi qanday amalga oshirayotganini oʻrganib, insonlar uchun ham shunga oʻxshash strategik yechimlar qidiriladi.
Olimlar bu yoʻnalishdagi ishlarni davom ettirish niyatida. Ular tabiatda mavjud boʻlgan uzoq umr koʻrish sirlarini oʻrganish orqali insoniyat salomatligi uchun yangi umidlar eshigini ochishni maqsad qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- Samarqandda YUNESKOning 43-sessiyasiga tayyorgarlik avjida
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
- Hududlarda 34 ta yuqori texnologiyali sanoat loyihalari amalga oshiriladi
- Endilikda muddati oʻtgan tovarlarning sotilishi avtomatik ravishda cheklanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring