Tabiiy fanlar: yangicha yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar
Elyor HAYDAROV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning 18-19-oktyabr kunlari Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida “Tabiiy fanlar: yangicha yondashuvlar va dolzarb tadqiqotlar” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda. Unda mamlakatimizning yetuk olimlari bilan birga Rossiya, Germaniya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiz Respublikasi, Yaponiya, Pokiston va boshqa xorijiy davlatlar vakillari ham oʻz ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etmoqda.
Mazkur anjuman insonning tabiatga munosabati, atrof-muhit muhofazasi kabi dolzarb masalalarga bagʻishlangan. Bundan tashqari, konferensiyada geografiya, biologiya, kimyo va ekologiya fanlariga doir innovatsion tadqiqotlar hamda sohadagi muammolar boʻyicha olib borilgan ilmiy izlanishlar taqdim etilmoqda.
— Anjumanda tabiiy fanlardagi bugungi dolzarb muammolar qamrab olingan, — deydi biologiya fanlari doktori Oʻktam Xoʻjanazarov. — Jumladan, bugungi kunda yurtimizda choʻllashish jarayonini bartaraf etishga bagʻishlangan ilmiy izlanishlar boʻyicha muhokamalar oʻtkazildi. Oʻzbekistonning janubiy hududlarida biologik xilma-xillik hamda noyob dorivor oʻsimliklarni saqlab qolish boʻyicha maʼruzalarni tingladik. Albatta, bu izlanishlar chet ellik olimlar bilan hamkorlikda amalga oshirilsa, yanada samarali natijalarga erishishimizga ishonchimiz komil.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring