“Suvtushar” sharsharasi turistlarning eng sevimli ekoturistik maskaniga aylanadi
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi tomonidan “Suvtushar” sharsharasida ziyorat turizmi va ekologik turizmni tashkil qilish uchun zarur infratuzilmani yaratish boʻyicha tayyorlangan loyiha va smeta hujjatlari asosida obyektni qurilish ishlari boshlanmoqda.
Maʼlumki, turizm jahonning koʻplab mamlakatlari iqtisodiyoti tarkibida tez rivojlanayotgan va salmoqli oʻrinni egallaydigan tarmoqdir.
Ekologik turizm tabiat bilan kishilarning uzviy bogʻliqligi va bevosita muloqotini rivojlantirishga, tabiatda huzur-halovat, madad quvvat, bilim, umuman ekologik iqtisodiy barqarorlik va muvozanatni saqlagan holda faol dam olishda alohida oʻrin kasb etadi.
Ana shulardan kelib chiqib, amalga oshirilayotgan loyiha “Hisor” davlat qoʻriqxonasining qoʻriqlanma hududida barpo etilayotgan ”Suvtushar" sharsharasini turistlarning eng sevimli ekoturistik maskaniga aylanishiga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring