Suv tejovchi texnologiyalar keng joriy qilinadi
Bugungi kunda dunyoda suv resurslari taqchilligi dolzarb masalaga aylanmoqda. Suv resurslariga boʻlgan talabning oshayotgani, suv zaxirasining kamayib borayotgani suvni iqtisod qilish va undan samarali foydalanish
Shundan kelib chiqib, keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli institutsional islohotlar doirasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining suvga doir munosabatlari, suvdan foydalanish va uni muhofaza qilishni tartibga solish sohasidagi vakolatlarni takomillashtirishning huquqiy asoslari yaratildi.
2017 — 2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasi asosida suv xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha 20 dan ortiq farmon va qarorlar qabul qilinib, sohada keng
Taʼkidlash joiz, jamoatchilik muhokamasiga qoʻyilgan “Yangi Oʻzbekistonning 2022 — 2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni loyihasining oʻttiz birinchi maqsadida suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni iqtisod qilish boʻyicha alohida davlat dasturini amalga oshirish, suv resurslaridan samarali foydalanish hisobiga har yili kamida 7 milliard kub metr suvni iqtisod qilish, suv xoʻjaligi obyektlarida elektr energiyasi isteʼmolini 7,3 mlrd. kVt. soatdan 6,9 mlrd. kVt. soatgacha kamaytirish va suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqarish masalalari oʻz aksini topgan.
Shuningdek, 2022-yilda 260 ming gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish hisobiga 534 mln. kub metr suvni
Shu jumladan, suv xoʻjaligi obyektlarini davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida boshqaruviga berish boʻyicha 52 ta loyihani amalga oshirish natijasida elektr energiyasi va ekspluatatsiya xarajatlarini 10-15 foizga kamaytirish nazarda tutilmoqda.
Taraqqiyot strategiyasi doirasida amalga oshiriladigan ishlar suv resurslari zaxirasi hamda aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini suv bilan taʼminlashda yuzaga keladigan tahdidlarning oldini olish, sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash, transchegaraviy suv resurslaridan adolatli foydalanish hamda suv tejovchi texnologiyalarini amaliyotga keng joriy qilish orqali suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish imkonini beradi.
Bir soʻz bilan aytganda, Taraqqiyot strategiyasining belgilangan maqsadlar inson manfaatlarini taʼminlashga, mamlakatimiz iqtisodiyotini
Ravshanbek BEGMATOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring