Suv resurslaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi
“Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–47-son, 05.02.2026-y.) qabul qilindi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Mazkur qarorga koʻra, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning quyidagi tartibi joriy qilinishi belgilangan:
- 2027-yildan har yili suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi va subsidiyalar sugʻoriladigan yer maydonlarining suv bilan taʼminlanganlik holatidan kelib chiqib belgilanadi;
- suv bilan barqaror taʼminlanmagan hududda joylashgan sugʻoriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinganda, ajratiladigan subsidiyalarga 1,25 oshiruvchi koeffitsiyent qoʻllagan holda hisoblanadi;
- suv bilan barqaror taʼminlangan hududda joylashgan sugʻoriladigan yer maydonlarida suv tejovchi texnologiyalar joriy qilinmaganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobar oshirilgan miqdorda qoʻllaniladi.
Shuningdek, 2027-yildan sholi yetishtiriladigan maydonlarning suvning kirish qismi hamda baliqchilik xoʻjaligi tashkil qilingan yer maydonlarining suvning kirish va chiqish qismiga tadbirkorlar oʻz mablagʻlaridan “aqlli” suv oʻlchash va hisoblash vositalarini oʻrnatishi majburiy etib belgilanadi.
Bunda “aqlli” suv oʻlchash va hisoblash vositalari oʻrnatilmaganda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2 barobarga oshirilgan miqdorda hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Masharipov va Ashurmatov toʻp surayotgan jamoa bosh murabbiyi isteʼfoga chiqarildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring