Surxondaryoda “TOEFL” sertifikatini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi

21:15 30 Mart 2024 Jamiyat
648 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Termiz shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy taʼlimning magistratura bosqichiga oʻqishga kirishi uchun “TOEFL” sertifikatini olib berishni vaʼda qilib, evaziga 1 100 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?