Surxondaryoda qovun pishdi

13:09 12 May 2025 Jamiyat
179 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Surxondaryolik dehqonlar yurtimiz bozorlarini har yili qishloq xoʻjaligi mahsulotlari bilan birinchilardan boʻlib taʼminlaydi. Iqlim va tuproq sharoitlari qulay boʻlgan voha dehqonlari poliz mahsulotlarini ham isteʼmolchilarga yetkazishni boshlashdi.

Xususan, Sherobod tumani Nurtepa mahallasidagi “Yormat Botirov” MCHJ dalalarida erta bahorda ekilgan “Dakara” navli qovunning ilk hosili pishib yetildi. 8 gektar maydondagi anor koʻchatlari qator oralariga ekilgan palakdan ilk terimda har gektaridan 7-8 tonnagacha hosil olinmoqda. Ayni kunlarda tilyorar qovunlar aholi isteʼmoli uchun mahalliy bozorlarga chiqarilmoqda. Hosilning bir qismi xorijga eksport qilinmoqda.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер