Surxondaryoda kundoshini samosud qilgan opa-singillarga sud hukmi o'qildi

16:34 21 Yanvar 2022 Jamiyat
1151 0

Surxondaryo viloyatining Shoʻrchi tumanida qizi va opasi bilan birgalikda  kundoshini samosud qilgan ayollarga jazo tayinlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion-tahliliy dasturi xabar berdi

Maʼlum qilinishicha, kundoshining sochlarini kesgan va tan jarohati yetkazgan ayol va uning opasiga jinoyat ishi boʻyicha Shoʻrchi tumani sudi tomonidan hukm oʻqildi. Unga koʻra ayblanuvchilarning har ikkisiga ham 3 yilu 6 oydan ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Jabrlanuvchi ayol esa aybdorlarning 2 yoshga toʻlmagan bolasi borligi sabab sud hukmini oʻzgartirishni soʻradi. Ammo har ikki aybdorlarga oʻqilgan sud hukmi jabrlanuvchi iltimosiga qaramasdan qanoatlantirilmadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер