Surxondaryoda ayol oʻzi va farzandlarini kanalda choʻktirmoqchi boʻldi

23:29 30 Oktyabr 2021 Jamiyat
1264 0

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida ayol oʻzi va farzandlarini suvga tashlamoqchi boʻldi.

Surxondaryoda ayol 20-oktabr kuni soat 9:30 atrofida oʻzi va farzandlarini suvga tashlash maqsadida “Zang” kanali boʻyiga keladi. Oiladagi muammolar ayolni shunday mudhish jinoyatga undaydi. Ammo uning niyati amalga oshmay qolgan.

Yaqin atrofni nazorat qilib yurgan ichki ishlar xodimi Bobomurod Arnoqulov ayolning harakatlaridan shubhalanib, uning yoniga boradi. Maqsadini bilgach, vaziyatni yumshatishga, bunday ishni qilmaslikka daʼvat qiladi. Ana shundan soʻng ayol bu fikridan qaytadi.

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер