Surxondaryoda 900 mln soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirgan fermer xoʻjaligi rahbari aniqlandi
Surxondaryoda 900 million soʻm kredit mablagʻini oʻzlashtirgan fermer xoʻjaligi rahbari ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “B.T.” fermer xoʻjaligi rahbari R.B. xoʻjalikka naslli chorva mollari sotib olish uchun bank muassasasidan ajratilgan 900 mln soʻm kredit mablagʻini belgilangan maqsadlarda sarflamasdan naqdlashtirish orqali talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) va 189-moddasi (savdo yoki xizmat koʻrsatish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring