Surxondaryoda 857 million soʻmlik gaz oʻgʻirlagan MCHJ fosh qilindi (+video)
Surxondaryo viloyatida 857 million soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqida “Hududgaztaʼminot” AJ xabar berdi.
Unda aytilishicha, gaz taʼminoti boʻlimi xodimlari va huquq-tartibot organlari ishtirokida Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanida tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Maʼlum boʻlishicha, tumanning “Qorayantoq” MFYda joylashgan Surxondaryo viloyati issiqlik taʼminotiga qarashli MCHJda tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, elektron gaz hisoblash uskunasining maksimal hisoblash quvvatidan ortiqcha gaz jihozlari oʻrnatilib, tabiiy gazdan qoidabuzarlik bilan foydalanib kelingani fosh qilingan.
Hozirda mazkur holat boʻyicha dalolatnoma tuzilib, 857 million soʻmlik tabiiy gaz hajmlari qayta hisob-kitob qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring